TUMAN HOKIMINING TABRIGI
2025-12-08 08:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!
Avvalo, Cizlarni, Sizlar orqali barcha tumandoshlarimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda Bosh Qomusimiz qabul qilingan sanaga 33 yil to‘lganligi bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman.
Qadrli tumandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida o‘tayotganida ham chuqur ma’no bor, albatta.
Chindan ham, yurtimiz Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni natijador tarzda amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qadrli tumandoshlar!
Hurmatli Prezidentimizning "Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, islohotlarimizning ortga qaytmas tus olishini ta’minlashda doimo ishonchli kafolat bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday bo‘lib qoladi.
Shu ma’noda, xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bo‘lgan Asosiy Qonunimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Bu noyob qomusning har bir moddasi va qoidasini o‘rganish, ularga hurmat, mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lib, to‘laqonli ijro etish barchamiz uchun muqaddas burch va mezonga aylanishini istardim," — deya alohida ta’kidlaganlari ham Bosh qomusimizning har birimizning hayotimizdagi o‘rni naqadar muhim ekanligini ko‘rsatib beradi, albatta.
Hurmatli tumandoshlar!
Sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sanaga 33 yil to‘lgani bilan chin dildan tabriklayman.
Barchangizga sihat salomatlik tilayman. Xonadonlarimizdan baraka, totuvlik arimasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin.
Konstitutsiya kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
Bekzod BOBOMURODOV, tuman hokimi
