Farzandlar ğalabasi ortida ota-onalar fidoyiligi turadi
2026-10-30 17:05:00 / Yangiliklar
Prezident Olimpiadasida Toşkent viloyati terma jamoasi safida sportning turli yönalişlari böyiça munosib iştirok etayotgan qibraylik yoş sportçilarning ota-onalariga Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning Minnatdorçilik xatlari topşirildi.

Jumladan, taekwondo WT, dzyudo, erkin kuraş, qiliçbozlik (şpaga) hamda para pauerlifting yönalişlarida öz mahoratini namoyon etayotgan Roziyaxon Usmonova, Zilola Abdunuminova, Dilşodjon Şadiyev, Islom Ğofirjonov, Elbek Bekaliyev, Farrux Amirqulov, Xolmaxmat Xolmaxmatov va Zebiniso Xolmaxmatovalarning ota-onalariga bildirilgan minnatdorçilik maktublari Qibray tumani hokimi örinbosari A.Turğunov hamda sport maktabi masʼullari tomonidan yetkazilib, tantanali ravişda öqib eşittirildi.
Farzandlarning sportdagi muvaffaqiyatlari ortida, albatta, ota-onalarning çeksiz mehri, fidoyiligi, qöllab-quvvatlaşi va ustozlarning maşaqqatli mehnati mujassam.
Bunday eʼtirof yoş sportçilarni yangi marralar sari ruhlantiriş, ota-onalar va murabbiylarning mehnatini qadrlaş yölidagi yuksak eʼtibor namunasidir.Qibraylik sportçilarga Prezident Olimpiadasida omad va ulkan ğalabalar tilaymiz!