Darxan mahallasidagi içimlik suvi muammosi deputatlar nazoratida
2026-10-28 14:35:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengaşi deputatlari Ö. Noraliyev hamda Kengaş kotibiyati mudiri O.Toirov Darxan mahalla fuqarolarining içimlik suvi quvurlarining maʼnan eskirgani yuzasidan bildirgan murojaati joyiga çiqqan holda örganildi.

Mazkur masala “Toşkent viloyati suv taʼminoti” AJ Qibray tuman filiali mutaxassislari iştirokida körib çiqilib, mavjud muammoning holati örganildi hamda uni bartaraf etiş böyiça zarur çoralarni belgilaş yuzasidan masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Şuningdek, hududdagi içimlik suvi taʼminotini yaxşilaş, aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş hamda aniqlangan kamçiliklarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.