Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-10-27 18:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumanidagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda mahalla faollari tomonidan ayolgov.uz platformasiga kiritilgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 17 nafar iqtidorli qiz 9 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilim, mahorat va ijodiy salohiyatini namoyish etdi.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ilmiy izlanishlari, ijodiy ishlari, erishgan yutuqlari va jamoat hayotidagi faolligi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Yakunda 8 nafar munosib nomzod tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Tanlovda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği R.Naipova va tegişli mas'ul taşkilot mutasaddilari iştirok etdi.





