ÖZBEK TILI — MILLIY ÖZLIGIMIZ TIMSOLI
2026-10-23 10:00:00 / Yangiliklar

21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qibray tumanidagi 5-umumiy örta taʼlim maktabida tuman hokimligi hamda tegişli taşkilotlar hamkorligida "Til millat ko'zgusi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Tadbirda özbek tilining milliy özligimiz, maʼnaviy qadriyatlarimiz va boy tariximizdagi örni, davlat tiliga bölgan hurmatni yanada yuksaltiriş borasida söz yuritildi. Öquvçilar tomonidan ona tilimizni madh etuvçi şeʼrlar, sahna körinişlari va musiqiy çiqişlar namoyiş etildi.
Şuningdek, tadbirda Turkiyaning “AKSA ENERJI TAŞKENT” korxonasi rahbarlari ham iştirok etdi. Taʼlim sohasidagi hamkorlikni qöllab-quvvatlab kelayotgani hamda maktab bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga qöşayotgan hissasi uçun korxona rahbariyatiga taşakkurnoma topşirildi.
Tadbir yakunida özbek tiliga bölgan ehtirom, uning nufuzini oşiriş va yoş avlod qalbida ona tiliga mehr uyğotiş borasidagi işlarni izçil davom ettiriş taʼkidlandi.






