Savodxonlik — davlat tiliga hurmat va yuksak kasbiy madaniyat mezoni
2026-10-19 17:15:00 / Yangiliklar
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qibray tumani hokimligida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida umummilliy diktant tashkil etildi.

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qibray tumani hokimligida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida umummilliy diktant tashkil etildi.
Unda tuman hokimligi va tuman tashkilotlari xodimlari ishtirok etib, o‘zbek tilining imlo va punktuatsiya qoidalari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Qibray tumani hokimligi hamda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tashabbus xodimlarning yozma savodxonligini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish hamda davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratildi.





