Tumandagi dolzarb masalalar — parlament e’tiborida
2026-09-07 11:05:00 / Yangiliklar
Qibray tumanida Respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Qibray tumanida Respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Jumladan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Mohira Xodjayeva, tumani Kengashi deputatlari hamda tuman hokimi o’rinbosari hamkorligida fuqarolar murojaatlari, ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi muammolar muhokama qilinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
Shuningdek, respublika darajasidagi masalalarni tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, deputatlik nazorati hamda parlament so‘rovlari orqali ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


