Ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amaliy muloqot va tajriba almashinuvi
2026-08-20 18:10:00 / Yangiliklar

Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan "Beshinchi ustozlar milliy forumi" doirasida “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” mavzusida 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, o‘qitish jarayoniga zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam rivojlantirish hamda ta’lim boshqaruvini raqamlashtirish dolzarb vazifalardan biridir.
“Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.”
Sh.Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Seminarlar davomida ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik metodikalar, ta’limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, boshqaruvda zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or metodikalarni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashilmoqda.
Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Unda maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, kutubxonachilar, psixologlar, maktab kadrlari, ona tili va adabiyot hamda tabiiy fanlar o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Mazkur o‘quv-seminarlar 24–29-avgust kunlari davomida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davom etadi.









