Aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar deputatlar nazoratida
2026-08-20 12:05:00 / Yangiliklar

Xususan, Xalq deputatlari Qibray tumani deputatalari A.Xudayqulov, D.Yusupov hamda O.Toirov tomonidan tumandagi ko'plab mahallalarga maishiy chiqindilarni olib ketish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi “Rahnamo servis” MChJ tuman filiali faoliyati hamda aholining maishiy chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqish borasidagi mavjud muammolar, chiqindi tashish xizmatining hududlar kesimida tashkil etilishi va aholidan kelib tushayotgan murojaatlar ham deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
Shuningdek, korxona tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, xodimlarga ish haqlarining belgilangan muddatlarda to‘lanishi, ular uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, maxsus texnikalar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda mavjud texnikalarni o‘z vaqtida ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar zaxirasi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, xodimlarning belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan chiqindi tashish xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, bu boradagi ishlar deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinishi ta'kidlab o'tildi.






