Bolalar xavfsizligi yo‘lida targ‘ibot tadbiri
2026-08-17 14:00:00 / Yangiliklar
“Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” shiori ostidagi respublika targ‘ibot aksiyasi doirasida Qibray tumanidagi 35- va 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Qibray tumani IIB YHXB YPX bo'limi hamda “Adolat” SDP Toshkent viloyati Qibray tuman Kengashi raisi Sh.Abdullayeva hamkorligida o'tkazilgan tadbirda, tarbiyalanuvchilarga yo‘l harakati qoidalari va unga rioya qilish, yo‘lda harakatlanish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga yo‘l harakati qoidalariga oid targ‘ibot bukletlari va eslatmalar tarqatilib, ularning mazmun-mohiyati tushuntirildi.