Istiqlol bayrami — avlodlarni birlashtirgan ulug‘ ayyom
2026-08-15 13:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan Ko‘prikboshi mahallasi, Nuroniy jamg‘armasi hamda tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilgan tadbirda mahalla nuroniylari, yoshlar, faollar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning eng mazmunli lahzalaridan biri “Uch avlod uchrashuvi” bo‘ldi. Unda nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribasi va ibratli o‘gitlari bilan yoshlar bilan o‘rtoqlashib, Vatanga muhabbat, mustaqilligimizning ulug’ ne’mat ekanligi, tinchlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlar haqida samimiy suhbatlashdilar.
Bayram tadbiri davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga unutilmas taassurot va bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir so’ngida Ko’prikboshi mahallasidagi bir guruh faollarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.








