Aholi murojaatlari tinglanib, mas'ullarga vazifalar yuklatildi
2026-08-14 17:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi qabulini oʻtkazdi.
Qabulda tuman aholisining ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal, kadastr va boshqa sohalarga oid 10 dan ortiq murojaatlari tinglanib, har bir masala yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflarning aksariyati joyida muhokama qilinib, ularni hal etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, mas'ullarga murojaatlarda ko'tarilgan masalalarni belgilangan tartibda oʻrganish, ijobiy hal etish hamda natijasi boʻyicha fuqarolarga axborot berish topshirildi.
Shiningdek, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini tinglash hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida har bir mahallada belgilanagan reja asosida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.







