Bo'ston mahallasida xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
2026-08-13 17:00:00 / Yangiliklar
Qibray tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Naipova Bo'ston mahallasida xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Qibray tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Naipova Bo'ston mahallasida xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida mahallada yashovchi xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy va maishiy masalalar bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi.
Murojaatlarning har biri mas’ullar tomonidan alohida ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, xotin-qizlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik va bandlik dasturlarida faol ishtirok etish yuzasidan tavsiyalar berildi.



