Tuman hokimi Yangi Arg‘in mahallasi aholisining murojaatlarini tingladi
2026-08-07 20:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida tuman rahbarlari bilan birgalikda Yangi Arg‘in mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda yechimini kutayotgan boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglanib, ularning yechimi tegishli soha rahbarlari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Har bir murojaat yuzasidan taklif tayyorlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, tuman hokimi mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari bilan muloqot qilib, mahalla obodligi va farovonligini ta’minlashda har bir fuqaroning faolligi muhimligini ta’kidladi.
Xususan, mahalla yettiligi bilan hamjihatlikda harakat qilish, ko‘chalar va jamoat joylarini ozoda saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ahillik va birdamlikni yanada mustahkamlash, mahalla taraqqiyoti va aholi farovonligi davlat idoralari hamda fuqarolarning o‘zaro hamkorligi va birdamligi orqali yanada yuksalishi qayd etib o’tildi.








