Respublika ishchi guruhi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda
2026-08-03 20:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni joyida tahlil qilish hamda har bir yoshning qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib mavjud masalalarni tizimli hal etish maqsadida “Yoshlar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi” Qibray tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning muammo, taklif va tashabbuslarini tingladi. Suhbatlar jarayonida har bir yoshning qiziqishi, salohiyati va ehtiyojidan kelib chiqib, mavjud masalalarni tizimli bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim olishi, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida aniq vazifalar belgilab olinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






