Onqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-18 12:00:00 / Yangiliklar
Qibray tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U.Botirov, hokim o‘rinbosarlari A. Turg‘unov hamda R.Naipovalar boshchiligida Onqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qibray tumani hokimining birinchi o‘rinbosari U.Botirov, hokim o‘rinbosarlari A. Turg‘unov hamda R.Naipovalar boshchiligida Onqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.






