Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi avlod” mahallasida daydi itlar ko‘payganligi yuzasidan tarqalgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
2026-07-19 19:05:00 / Rasmiy Munosabat

Avvalroq, mazkur mahalla aholisi tomonidan daydi itlarni ushlash bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qilingan murojaatga asosan, obodonlashtirish xodimlari tomonidan hududda bir nechta daydi va qarovsiz qolgan itlar ushlanib, belgilangan tartibda maxsus daydi hayvonlarni saqlash punktiga topshirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan navbatdagi videodagi holatni to‘liq o‘rganish va hudud aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus guruhi xodimlari zudlik bilan ushbu mahallaga safarbar etildi.
Hozirda hududda daydi itlarni ovlash va zararsizlantirish bo‘yicha qo‘shimcha tezkor tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Eslatman: Hurmatli fuqarolar, agarda hududingizda qarovsiz va daydi hayvonlar ko‘payib, aholi xavfsizligiga tahdid solayotgan bo‘lsa, zudlik bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga xabar berishingizni so‘raymiz.
