Mahallabay ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish o’tkazildi
2026-07-17 14:10:00 / Yangiliklar

Kuni kecha, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish hamda mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda videoselektor davomida berilgan topshiriqlar atroflicha muhokama qilinib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etish va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi har bir soha rahbariga aniq vazifalarni belgilab, berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda har bir mahallada natijadorlikka erishish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.






