Qibray tumani hokimi Uzumzor mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
2026-07-11 17:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida Uzumzor mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaat va takliflari hamda yechimini kutayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tegishli tushuntirishlar berilib, ijrosi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Qonunchilik doirasida hal etilishi lozim bo‘lgan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularni tezkor hal etish maqsadida bunday sayyor qabullar mahallalarda muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Qabulda Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.








