Tumanda bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi
2026-07-10 17:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimligi va tegishli hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Qibray tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Uzumzor” mahallasi binosida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 40 dan ortiq korxona va tashkilot ishtirok etib, fuqarolarga 800 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Yarmarka davomida ish izlovchilar, Probatsiya ro'yxatida turuvchi va aliment to'lovchilariga mavjud vakant ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bandlik xizmatlari yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra:
🔹 13 nafar ishsiz fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
🔹 7 nafar fuqaroga kasb-hunarga o‘qitish uchun belgilangan tartibda vaucher ajratildi;
🔹 3 nafar fuqaroning oilaviy tadbirkorlik dasturi asosida imtiyozli kredit olish bo‘yicha arizalari qabul qilindi;
🔹 7 nafar fuqaroga osonish.uz platformasi orqali rezyume yaratish tartibi tushuntirilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bunday mehnat yarmarkalari aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularning daromad manbalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









