Belarus safari: 4,5 million dollarlik eksport shartnomasi imzolandi
2026-07-08 19:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida yana bir muhim kelishuvga erishildi.

Toshkent viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida yana bir muhim kelishuvga erishildi.
Xususan, Qibray tumanida faoliyat yuritayotgan "ECO BUSINESS-M" MCHJ hamda Belarus Respublikasining Brest shahridagi "JUICY GARDEN" korxonasi o‘rtasida 4,5 million AQSH dollarilik eksport shartnomasi imzolandi.
Mazkur kelishuvga muvofiq, endilikda Toshkent viloyatida yetishtirilgan yuqori sifatli golubika mahsulotlari Belarus bozoriga eksport qilinadi.
Muhim jihati shundaki, Qibrayda golubika hosili pishib yetiladigan davrda bu mamlakatda mazkur mahsulot mavsumi yakunlanib, bozorda unga bo‘lgan talab va narxlar oshib boradigan pallaga to‘g‘ri keladi.
Bu esa mahalliy mahsulotlarni raqobatbardosh narxlarda tashqi bozorga yetkazib berish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
"JUICY GARDEN" kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlariga Belarus bozorida talab yuqori bo‘lib, ushbu eksport shartnomasi kelgusida hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

