Issiqxonalar faoliyatini tartibga solish va targ‘ibot ishlari muhokama qilindi
2026-07-07 12:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov tuman mutasaddilari hamda ishchi guruh a'zolari bilan uchrashuv o'tkazib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–108-qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 162-qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Yig'ilishda tumandagi issiqxona xo‘jaliklari rahbarlari, tadbirkorlar va xonadon egalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish hamda targ‘ibot ishlarining samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tuman hokimi targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi issiqxona faoliyatini amaldagi qonunchilik va belgilangan talablar asosida tashkil etish va issiqxona egalariga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, amaldagi tartiblar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berish, ularni mavjud imtiyoz va qulayliklardan samarali foydalanishga yo‘naltirish zarurligini ta'kidladi.
Shuningdek, ishchi guruh a'zolariga tadbirkorlar va aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, har bir issiqxona xo‘jaligida belgilangan talablar ijrosini ta'minlash hamda tushuntirish va targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



