Mahalladagi ishlar deputat nazoratida: hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
2026-07-06 14:30:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati Shaxnoza Abdullayeva hamda kotibiyat mas'ul xodimi tomonidan “Obod” mahallasida hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputati Shaxnoza Abdullayeva hamda kotibiyat mas'ul xodimi tomonidan “Obod” mahallasida hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlar bandligini ta'minlash va “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mas'ullarga belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.


