“Tashabbusli budjet”: O‘tkir mahallasida yo‘llar ta’mirlanmoqda
2026-07-04 15:30:00 / Yangiliklar
Qibray tumanining O‘tkir mahallasida "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan tashabbusni amalga oshirish ishlari boshlandi.

Qibray tumanining O‘tkir mahallasida "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan tashabbusni amalga oshirish ishlari boshlandi.
Xususan, loyihaning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, mahallaning 16 ta ichki ko‘chasini asfaltlashtirish uchun 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ayni kunlarda mazkur ko‘chalarning umumiy 3,7 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish uchun zarur tayyorgarlik va birlamchi qurilish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma'lumot o'rnida, loyihaning joriy yilgi 1-mavsumida tumanda 17 ta loyiha g'olib deb topilib, tuman budjetidan 25 mlrd so‘mdan ortiq mablag' ajratilgan


