Yoshlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas'ullar qat'iy ogohlantirildi
2026-07-02 14:30:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov hamda tegishli soha mas'ullari ishtirokida tumanda yoshlar bilan ishlash tizimi yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yoshlar kiuni munosabati bilan o'tkazilgan yig‘ilishda korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Unda uyushmagan, otaliqqa olingan hamda alohida e'tibor talab etuvchi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar chuqur tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida ayrim mas'ullar tomonidan vazifalarga mas'uliyatsiz yondashilayotgani, yoshlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani keskin tanqid qilindi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta'minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar qoniqarsiz ekani qayd etildi.
Tumani hokimi har bir mahalla va tashkilot rahbarining bu boradagi shaxsiy mas'uliyatini alohida ta'kidlab, yoshlar bilan ishlashda rasmiyatchilikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Har bir yoshning muammosi manzilli o‘rganilib, amaliy yechimlar ishlab chiqilishi, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qat'iy nazorat o‘rnatilishi topshirildi.
Yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, mas'ullarning faoliyatini tanqidiy baholash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.









