Tuman hokimi boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-01 19:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov rahbarligida o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ijro intizomini mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, sanoat va investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, maktab, texnikum va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha rahbarlarning mas'uliyatini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida tuman hokimi barcha mas’ullarni o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishga, aholi manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda natijadorlikni oshirish hamda har bir topshiriq ijrosini qat’iy nazoratga olish zarurligini alohida ta’kidladi.




