Tuman hokimi maktabdagi qurilish jarayonlarini ko’zdan kechirdi
2026-06-27 15:10:00 / Yangiliklar
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Uzumzor mahallasida joylashgan 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Uzumzor mahallasida joylashgan 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot o’rnida, investitsiya davlat dasturi doirasida mazkur ta’lim muassasasini mukammal ta’mirlash uchun 9 milliard 555 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Hozirda qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan loyiha asosida davom ettirilmoqda.
O’rganish davomida tuman hokimi mas’ullarga qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.









