Har bir murojaat e’tiborda: Tuman hokimi aholi murojaatlarini tingladi
2026-06-26 19:05:00 / Yangiliklar
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, yer munosabatlari, bandlik, kommunal xizmatlar hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar ishtirokida atroflicha o’rganilb, ularga yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Qabul yakunida bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.






