“Dolzarb 90 kun” doirasida mazmunli sayohatlar tashkil etilmoqda
2026-06-23 14:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, 2-umumta’lim maktabi o‘quvchilari yurtimizning tarixiy obidalari, muzeylari va diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurib, boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur sayohatlar yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bunday ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tumandagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.







