Tuman hokimi turkiyalik investorlar bilan agrar sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
2026-06-22 19:05:00 / Yangiliklar

Jumladan, Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov Turkiya davlatining "FARMEK" kompaniyasi rahbari Sadiq Yoltay boshchiligidagi investorlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida tuman hududida zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Loyiha doirasida ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, yuqori hosildor navlarni yetishtirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy bog‘dorchilik tajribasini joriy etish va loyihani amalga oshirishning tashkiliy masalalari yuzasidan fikr almashib, мazkur tashabbus tumanda agrar sohani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlab o'tildi.


