Tumanda “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari davom etmoqda
2026-06-10 22:00:00 / Yangiliklar

Xususan, Qibray tumanida Ichki ishlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar doirasida tuman IIB boshlig‘i J.Tilyabayev hamda tuman prokurori o'rinbosari A.Olimov va viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi ishtirokida tungi xizmat oldidan yo‘riqnomalar berilib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz choralar ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, xodimlar tomonidan aholi gavjum ko‘chalar va jamoat joylarida fuqarolar hamda haydovchilar o‘rtasida kiberjinoyatchilik, mulkiy jinoyatlar, firibgarlik, tan jarohati yetkazish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomilasining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kabi vazifalar yuklatildi.









