Tumanda “Kinokarvon” loyihasi tashkil etildi
2026-05-22 15:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumanida “Mustaqillik to‘yi festivali” doirasida o‘tkazilayotgan “Kinokarvon” loyihasi Do'rmon madaniyat saroyida yuqori saviyada tashkil etilib, hudud ahliga bayramona kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova hamda taniqli aktyor Yigitali Mamajonov ishtirok etib, yig‘ilganlarga unutilmas taassurоt ulashdi.
Shuningdek, tadbir davomida namoyish etilgan “Matonatli Maryam” badiiy filmi tomoshabinlarda mehr-oqibat, inson qadri, mahalla muhiti va ezgulik kabi qadriyatlar haqida chuqur mushohada uyg‘otdi.
“Kinokarvon” loyihasi nafaqat madaniy tadbir, balki insonlar qalbini yaqinlashtiruvchi, milliy qadriyatlar va ma’naviyatni targ‘ib etuvchi muhim ma’rifiy tashabbus sifatida ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.








