Tumanda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-05-07 22:00:00 / Yangiliklar

Tumanda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va tuman prokurori Samir Arshidinov boshchiligida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Nuroniylar maskani”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ijtimoiy xodimlar tomonidan sohaga oid taklif va mulohazalar bildirilib, joylardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Muloqot yakunida I-chorak davomida samarali faoliyat olib borib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh ijtimoiy xodimlarga Qibray tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.






