Chegaraoldi hududda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
2026-05-07 21:00:00 / Yangiliklar

Chegaraoldi hududda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
Bugun, Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “May” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbir aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mavjud vakant ish o‘rinlariga joylashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida o‘tkazildi. Unda turli ijtimoiy toifaga mansub fuqarolar, bitiruvchilar hamda ishsiz aholi vakillari ishtirok etdi.
Yarmarkada 25 dan ortiq korxona tomonidan 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Natijada 10 nafardan ortiq fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 3 nafar fuqaroga kasb-hunarga o‘qitish uchun vaucherlar ajratildi, bir qator fuqarolarga esa bandlik bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.








