May mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
2026-05-07 20:05:00 / Yangiliklar

May mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, tuman prokurori Samir Arshidinov, IIB boshlig‘i J.Tilyabayev hamda Soliq inspeksiyasi rahbari R.Boboyevlar boshchiligida May mahallasi fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida aholining kommunal soha — elektr, gaz, ichimlik suvi, ichki ko‘chalarni ta’mirlash, kadastr masalalari, shuningdek, moddiy yordam, kredit, bandlik kabi ijtimoiy yo‘nalishdagi murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda hal etish, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan kamchiliklarni joyida bartaraf qilish yuzasidan mas’ullar biriktirildi.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan barcha tegishli soha rahbarlariga murojaatlar ijrosini ta’minlash uchun bir hafta muddat berilib, ijro intizomiga qat’iy rioya etilishi tuman rahbarlari nazoratiga olindi.









