Tuman rahbarlari yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqat qildi
2026-05-07 18:30:00 / Yangiliklar

Tuman rahbarlari yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqat qildi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov tuman rahbarlari bilan birgalikda tumanning olis, chegara hududida joylashgan May mahallasi yoshlari bilan “Yoshlar kuni” munosabati bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazdi.
Konstruktiv va samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ta’lim, sport, tadbirkorlik va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga oid murojaat hamda takliflar bildirildi.
Xususan, o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun alohida xona ajratish, kutubxona fondini yangi kitoblar bilan boyitish, mini futbol maydonchasi tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘tarildi.
Bildirilgan taklif va murojaatlar tuman rahbarlari tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar esa rahbarlar tomonidan shaxsan nazoratga olindi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ochiq va tizimli muloqotlarni davom ettirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.









