Tuman rahbari xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot qildi
2026-04-30 19:30:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov "Yoshlar kuni" munosabati bilan xorijiy davlatlarda mehnat qilib kelayotgan tuman yoshlari bilan onlayn muloqot o’tkazib, ularning muammo va murojaatlari tinglandi.
Ochiq, samimiy va do'stona ruhda o'tgan muloqotda, ularni o‘z yurtlariga qaytishlariga to‘sqinlik qilayotgan muammolar atroflicha o’rganilib, ularga tumanimizda ham muhim ish o‘rinlari mavjudligi, qiziqishi va iqtidoridan hamda mutaxassisligiga mos, yuqori maosh to‘lanadigan bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlar uchun imtiyozli bank kreditlari ajratish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatilishi aytildi.
Videokonferentsiya shaklida o‘tgan muloqot davomida barcha murojaatlar ijrosini ta'minlash va xorijdagi yoshlarimizni o‘z yurtiga qaytib, muammolarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish uchun yo'l xaritasi ishlab chiqish bo'yicha ma'sullarga vazifalar yuklatildi.




