Qibrayda yoshlar bilan bevosita muloqot: muammo va takliflar tinglandi
2026-04-30 17:45:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni doirasida Qibray tumanida yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Har haftaning payshanba kuni o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlarning navbatdagisi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Mirgaziyeva, tuman prokurori S.Arshidinov, IIB boshlig‘i J.Tilyabayev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot jarayonida yoshlarning murojaatlari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar, ilgari surilayotgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta'limning keyingi bosqichida o'qishni davom ettirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda huquqiy bilimlarni mustahkamlash borasida zarur tushuntirishlar berildi.
Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv yakunida yoshlarlarning sport maydonini tartibga keltirish bo'yicha murojaatlari joyida o'rganildi va bu borada amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Tadbir davomida mutasaddilar o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik ko‘rgazmasi bilan tanishib, milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi osh tayyorlash musobaqasini ham kuzatdilar.









