Yashil hududlarni parvarishlash ishlari izchil olib borilmoqda
2026-04-29 10:30:00 / Yangiliklar
Qibray tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining sa'y-harakatlari bilan hududlarda yashil maydonlarni saqlash va ularni yanada kengaytirish maqsadida tizimli parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, mavjud daraxt va butalar agrotexnik talablarga muvofiq sug‘orilib, ularning atrofi yumshatilmoqda, qurigan shox-shabbalar tozalanib, hududlar obodonlashtirilmoqda.
Shuningdek, atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni ta’minlash maqsadida yashil hududlarni kengaytirish choralari ko'rilmoqda.