Tumanda navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-04-24 12:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov va tuman prokurori Samir Arshidinov tomonidan Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida qabul o‘tkazildi. Unda aholi vakillari o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bilan murojaat qildilar.
Qabul davomida kommunal soha, tibbiy xizmat, ta’lim, kadastr hujjatlari, uy-joy masalalari, moddiy yordam ajratish, imtiyozli kredit olish hamda huquqiy masalalar bilan bog‘liq murojaatlar ko‘tarildi.
Mas’ullar ishtirokida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrimlari joyida hal etildi. Qolgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi. Fuqarolar bilan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish va xalq bilan muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









