Qonun ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi
2026-04-21 17:05:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati hamda tuman Kengashi deputati F.Akbarova, tuman Kengashi deputati D.Yusupov, shuningdek tuman Kengashi kotibiyati mudiri O.Toirov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Naipova tomonidan sohada olib borilayotgan ishlar, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.
Muhokama davomida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda joylarda aniqlangan muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.




