Korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurash: tumanda tahliliy muhokama oʼtkazildi
2026-04-20 21:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligida korrupsion holatlarning oldini olish hamda joriy yil davomida tumanda sodir etilgan jinoyatlar va bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mahalla raislari va mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etgan yig'ilishda, yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat holatlari atroflicha tahlil qilinib, sodir etilgan jinoyat tafsilotlari ochiqlandi. Ushbu yo‘nalishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida mahalla xodimlariga pora olish va berish kabi korrupsion jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligi ta’kidlanib, har bir mas’ul xodim o‘z faoliyatida qonuniylik va halollik tamoyillariga amal qilishi zarurligi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Shuningdek, mahalla tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar bilan ishlashda mas’uliyatni yanada oshirish hamda hududlarni toza va ozoda saqlash borasidagi ishlar ham muhokama qilinib, bu borada aniq vazifalar belgilab berildi.Yig'ilish yakunida tashkiliy masala ko'rildi.Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti lavozimiga Murodjonov Otabek tayinlandi.








