“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” — ishsiz fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar
2026-04-03 18:30:00 / Yangiliklar

Qibray tumani Majburiy ijro byurosi, tuman Adliya bo'limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman IIB hamkorligida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash maqsadida “Do‘rmon" madaniyat sayorida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarkaga aliment to‘lovchi, doimiy ishga ega bo‘lmagan fuqarolar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan ishsizlar, oliy va professional ta’lim muassasalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan xotin-qizlar, uzoq muddatli mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, Probatsiya ro'yxatidagi shaxslar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar jalb etildi.
Yarmarkada 38 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etib, o‘zlaridagi 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdilar.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, 16 nafardan ziyod ishsiz fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi. Shuningdek, 3 nafar fuqaroga osonish.uz platformasi orqali rezyume tuzish tartibi tushuntirilib, amaliy ko‘mak berildi. 9 nafar fuqaroga kasb-hunarga o‘qitish uchun belgilangan tartibda vaucherlar ajratildi.
Bundan tashqari, 16 nafar aliment to‘lovchi, migratsiyadan qaytgan hamda probatsiya nazoratida turgan ishsiz fuqarolarga doimiy ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.







