Tumanda murojaatlar bilan ishlash masalalari tahlil qilindi
2026-04-01 19:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov hamda Toshkent viloyati hokimligi mas’ul xodimi Asadbek Xalilov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati sohaga mas'ul bo’lgan xodimlar ishtirokida atroflicha tahlil qilindi.
Yig‘ilish davomida murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, har bir murojaatni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda ijobiy hal etish holati aniq tahlillar bilan muhokama qilinib, kamchililarga yo' qo'ygan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Xalq qabulxonalari orqali va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning ijrosi ham muhokama qilinib, ularning ayrimlari ijobiy hal etilmagani tanqid qilinib, bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini tinglash va muammolarini bartaraf etish — davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo'lishi lozimligi ta'kidlab o'tildi.





