Qibrayda Navro‘z – xalq sayli ko‘ngillarda unutilmas iz qoldirdi
2026-03-24 11:00:00 / Yangiliklar

Qibray tumanida o‘tkazilgan Navro‘z umumxalq sayli tuman fuqarolari va mehmonlari uchun chinakam bayramona kayfiyat, quvonch va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Bahorning ilk nafasi, milliy qadriyatlarimizga xos urf-odatlar va samimiy muhit ushbu saylga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bayram davomida taniqli san’atkorlar, tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari hamda iste’dodli bolajonlarning chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Jarangdor qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi.
Sayl hududida tashkil etilgan milliy taomlar ko‘rgazmalari, hunarmandchilik buyumlari va turli madaniy tadbirlar esa Navro‘zning boy an’analari va xalqimizning mehmondo‘stligini yana bir bor namoyon etdi.
Navro‘z sayli nafaqat bayram, balki insonlarni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlovchi muhim maskanga aylandi. Qibray ahli bu go‘zal ayyomni ko‘tarinki ruhda, katta shodu-xurramlik bilan kutib olib, uni yana bir bor qalblarda unutilmas xotiraga aylantirdi.








