Qibray tajribasi boshqa hududlarga tatbiq etilmoqda
2026-03-17 12:00:00 / Yangiliklar

Qibray tajribasi boshqa hududlarga tatbiq etilmoqda
Jumladan, ayni kunlarda Jizzax viloyatining Pahtakor tumanida xizmat safari bilan bo'lib turgan, yuqori natijalarga erishib kelayotgan hamda ijobiy tajribaga ega hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tarkibida bo'lgan, Qibray tumani Uymout mahallasidagi hokim yordamchisi Mirzabek Yuldashbayev tumanimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘plangan ijobiy tajribalarni Jizzax viloyati hududlarida tatbiq etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda.
Ta’kidlash joizki, Qibray tumanida hokim yordamchilari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan samarali ishlar va ijobiy natijalar bugungi kunda boshqa hududlar uchun ham amaliy tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.



