Mahallalarda bahorgi yumushlar hamjihatlik bilan amalga oshirilmoqda
2026-03-16 12:00:00 / Yangiliklar

Mahallalarda bahorgi yumushlar hamjihatlik bilan amalga oshirilmoqda
Yurtimizda bahor fasli kirib kelishi bilan mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yanada jadal tus olmoqda. Ayniqsa, mahalla raislari boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, hududlarni obod qilish va atrof-muhitni tozalikda saqlash ishlari hamjihatlik bilan amalga oshirilmoqda.
Mahalla aholisi, faollar, yoshlar va nuroniylar birgalikda ko‘chalarni tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, ariq va yo‘laklarni tozalash kabi bahorgi yumushlarda faol ishtirok etmoqdalar. Bu ezgu ishlar mahallalarning yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
“Yashil makon” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga zamin yaratmoqda.






