Tuman rahbarlari va litsey tinglovchilari o‘rtasida ochiq suhbat o'tkazildi
2026-03-12 20:05:00 / Yangiliklar

Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, tuman prokurori S. Arshidinov va tegishli tashkilot rahbarlari hamda faxriylar ishtirokida tumandagi IIVga qarashli 2-sonli Akademik litseyi tinglovchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ma’lumki, Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur tashabbus asosida hududlarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning muammo va takliflarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda tuman rahbarlari litsey tinglovchilari, bo‘lajak huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bo'lish istagidagi o‘g‘il-qizlar bilan samimiy suhbat davomida bugungi kunda yurtimizda yoshlarni bilimli, vatanparvar va fidoyi kadrlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgani ta’kidlanib, ularga kelgusida yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida munosib xizmat qilishlari zarurligi aytib o'tildi.
Uchrashuvda litsey tinglovchilarining taklif va murojaatlari diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tuman rahbarlari mazkur ta’lim maskanida tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, sport zali, kutubxona hamda zamonaviy jihozlangan o‘quv sinf xonalari ko‘zdan kechirilib, tinglovchilarning ta’lim jarayoni, kelajakdagi rejalari hamda xizmat faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlari bilan tanishdilar.









