Tumanda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
2026-03-05 21:15:00 / Yangiliklar

Tumanda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan “Do‘rmon bog‘i” tadbirlar koshonasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol ayollar, nuroniy onaxonlar hamda turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularning jamiyat va oila hayotidagi beqiyos o‘rni, fidokorona mehnati hamda yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Bayram tadbiri davomida faol va tashabbuskor xotin-qizlar e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tuman Madaniyat bo’limi xonandalari tomonidan tadbir mehmonlari uchun madaniy-badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayramona kayfiyat ulashildi.








