Tumanda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan madaniy tadbir tashkil etildi
2026-03-05 17:00:00 / Yangiliklar

Tumanda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan madaniy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 24- fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, jumladan har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda PF–207-sonli Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qibray tumani hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Xususan, aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan muhofaza qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston davlat Satira teatri sahnasida dramaturglar Abduqayum Yo‘ldoshev va Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Totli ro‘yolar» spektakli namoyish etildi.
Spektakl tomoshasini Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, DXX tuman bo'limi, tuman prokurori, IIB hamda Soliq inspeksiyasi rahbarlari bilan tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining 800 nafardan ortiq o‘quvchilari birgalikda kuzatdilar.
Mazkur madaniy tadbir yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiyani kuchaytirish, zararli illatlardan ogohlikni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.









